Ushbu hodisa bugun, 20 oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan “Aloqa” MFY hududida sodir bo‘lgan. Soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo‘shni bo‘lgan uchta uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan. Soat 08:05 da yong‘in o‘rab olingan bo‘lsa, 08:33 da uni to‘liq bartaraf qilishga erishildi. Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar yetkazgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.
Toshkent viloyatida FVV qutqaruvchilari 3 ta uydagi yong‘inni bartaraf etdilar
- Qo'shildi: 20.10.2020
- Chop etish
- Ko'rishlar: 527