FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Toshkent viloyatida muhofaza tadbirlari jadallashmoqda

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, uning oqibatlarini bartaraf etish Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biridir. Ayni maqsadda kuni kecha Toshkent viloyatida kanal, soy o‘zanlarini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari jadal tarzda olib borilmoqda.  

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda, Chinoz tumanida o‘tkazildi. Unda “Eshonobod” qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Tentaksoy” soyi ustiga qurilgan avtomobil' yo‘lining 16-kilometridagi ko‘prigining tayanchlarini mustahkamlash va himoyalash ishlari amalga oshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech