Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Toshkent viloyatida o‘quv seminari

Kuni kecha Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Toshkent viloyati shaharlar va tumanlardagi yong‘in-qutqaruv qismlarining tezkor boshqaruv guruhlari navbatchi dispetcherlarining kasb mahorati va bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminaridan ko‘zlangan maqsad – favqulodda vaziyatlarda tezkor boshqaruv xizmati samaradorligini oshirish, hodisa joyiga kuch va vositalarni o‘z vaqtida yetib borishlarini ta'minlash, sodir bo‘lgan tolafat oqibatlarini qisqa fursat ichida bartaraf etish, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qolishni ta'minlash va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.  

Seminar davomida mutaxassislarga zarur tavsiya hamda tushuntirishlar berilib, ularning sohaviy bilim-malakalari yanada oshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech