Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Toshkent viloyatidagi moy ishlab chiqarish sexida kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha birlamchi ma'lumot

Bugun, 11 iyun kuni soat 14:43da Yuqorichirchiq tumani “Ma'rifat” MFY, Bahor ko‘chasida joylashgan “EKO OIL PRODUKT” MChJ moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida binoning taxminan 60 kv.m. maydoniga zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.

Hodisadan tan jarohati olganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech