Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Toshkent viloyatining Angren shahrida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent viloyati Angren shahrida 19 qavatdan iborat binoda shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Qamchiq”Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi, “Olmaliq” Qutqaruv otryadining kuch-vositalari ishtirok etdilar.

O‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad baland qavatli bino va inshootlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarda fuqarolarning hayotini saqlab qolish, ularning mol-mulkini asrash hamda yong‘inni zudlik bilan, talofatlarsiz bartaraf etish, shaxsiy tarkibning harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat bo`ldi.

Ta’kidlash joiz, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning tezkor-navbatchilari aloqa va xabar berish hamda o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, rahbarlar va shaxsiy tarkibning baland qavatli bino va inshootlardagi yong‘inlarni vaqtida kuch va vositalarni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech