Bugun, 6-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Toshloq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi, zamonaviy qiyofaga ega binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bunda qutqaruvchilar jismonan baquvvat va sog‘lom bo‘lishlari, kasb mahoratlarini, ma'naviy bilimlarini yanada oshirib borishlari uchun yotoqxona, oshxona, sinf xona, yuvinish xonasi, ma'naviyat va ma'rifat hamda sport xonalari mujassamdir. Amalga oshirilayotgan ishlar negizida aholiga o‘z vaqtida sifatli xizmat qilish va albatta ularni rozi qilish asosiy maqsad etib belgilangan.
Ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili, Farg‘ona harbiy prokurori, Farg‘ona viloyati hokiminining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Toshloq tumani sektor rahbarlari, nafaqadagi mehnat fahriylari, viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Tadbirda, Toshloq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga yangi qurilgan bino bilan bir qatorda, zamonaviy maxsus texnika hamda xizmat uyi ham topshirildi.