FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Toshqinga qarshi maxsus-taktik o‘quv mashqi

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tashabbusi bilan takshkil etilgan maxsus-taktik o‘quv mashqida Xonqa tumanidan oqib o‘tuvchi “R-9” xo‘jaliklararo kanalini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash tadbirlari olib borildi.

Unda tuman favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi kuch va vositalarining shayligi va hamkorlikdagi harakatlari ko‘zdan kechirildi. 

Tadbirda 60 nafar ishchi-xizmatchilar, 9 ta muxandislik texnikalari jalb etilib, 700 m3  tuproq, 90 p/m o‘zan tozalash (qirg‘oq mustahkamlash) ishlari bajarildi.  Bu kabi tadbirlar respublika bo‘ylab davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech