FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

TOSKENT SHAHRINI VILOYATLAR BILAN BOG‘LOVCHI BARCHA YO‘L-PATRUL XIZMATI MASKANLARIDA DEZINFEKSIYA ISHLARI 24 SOAT DAVOMIDA AMALGA OShIRILMOQDA

Bugungi kunning eng dolzarb muammosiga aylangan “COVID-19” koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun qat'iy chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda. Bunda eng samarali vosita dezinfeksiya ishlaridir. Shunga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan o‘zaro hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan markaziy ko‘chalar va ularga tutash aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlarda dezinfeksiya ishlari davom ettirilmoqda.
Alohida ta'kidlash joizki, bahor fasli nafaqat koronavirus, balki boshqa yuqumli kasalliklar ham avj oladigan mavsum hisoblanadi. Bunga sabab sifatida qishdan so‘ng inson immunitetining susayishi, shuningdek, bahor faslida yuqumli kasalliklar infeksiyalarining rivojlanishi uchun qulay sharoit muhiti yuzaga kelishini aytib o‘tish mumkin.
Shunday ekan, bu kabi profilaktik tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar, xususan, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda kutilgan natijalarni beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech