Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Transformatorda yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 20-yanvar kuni soat 08:53da Andijon viloyati Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Sultonobod” MFY hududida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:01da yetib borgan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan transformator elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 09:10da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech