Kuni kecha Xorazm viloyatining chekka hududlaridan biri Tuproqqal'a tumanida qayta ta'mirlanib, zamonaviy talab darajasiga keltirilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu yangi binoda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan asrashdek sharafli kasb egalariga zamon talablariga mos, barcha qulayliklarga ega, muhimi, samarali xizmat olib borish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Xodimlar uchun sport zali, dam olish xonalari, oshxona, zamonaviy kutubxona, madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan auditoriya shular jumlasidan.
Bunday yorug‘ va shinam maskanda xaloskorlarimiz, chinakam ma'noda, xalqimiz uchun sharafli va savobli ishga hamisha shay bo‘lib turadilar, albatta.
Tadbir davomida sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan podpolkovnik Yakubov Odilbekni nafaqaga kuzatish marosimi ham o‘tkazildi. Boshqarma boshlig‘i O.Yakubovga kelgusi hayotida omad, mustahkam salomatlik yor bo‘lishini, qolgan barcha harbiy xizmatchilarga ham mana shunday nafaqaga chiqish nasib etishini tiladi.