Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Ulug‘ mutafakkirlarga ehtirom

Kuni kecha, 7-fevral kuni “Adiblar xiyoboni”, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan "Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma'naviy xazina" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas'ullari, taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, san'atkorlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Bojxona instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchi-kursantlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ulug‘ bobokalonlarimiz haykallari poyiga gul qo‘yish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismi Yozuvchilar uyushmasi zalida o‘ziga xos ko‘tarinki ruhda davom etdi. Unda so‘z olganlar - Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy merosi yoshlarda Ona-vatanga sadoqat va muhabbat, vatanparvarlik, poklik kabi insoniylik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi xususida keng fikr bildirdilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech