FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Urgut tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi  o‘tkazildi

Kuni kecha Samarqand viloyati Urgut tumani “Jartepa” Davlat chegara-bojxona postida FVDqT xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining hamkorlikdagi harakatlari mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi  bo‘lib o‘tdi.

Uch bosqichda o‘tkazilgan o‘quv mashqining dastlabki bosqichida FVDqTga kiruvchi idora va tashkilotlarning shaxsiy tarkibi va ularga biriktirilgan texnika, asbob-anjomlarining shayligini saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, navbatdagi bosqich nazariy qismda bo‘lib, unda mas'ul xizmatlarning chegara-bojxona postida aniqlangan noqonuniy manbalarini bartaraf etish bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.

Uchinchi bosqichda o‘quv mashqining g‘oyasiga ko‘ra, yengil avtomashina ko‘rikdan o‘tkazilganda, unda noqonuniy manba aniqlanadi. Shundan so‘ng, tegishli xizmatlar ushbu manbani xavfsiz bartaraf etish bo‘yicha zurur choralarni ko‘radilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech