FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo oʼzgaruvchan, yogʼingarchilik kutilmaydi. Аyrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, vaqti-vaqti bilan 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq, shimolda kechasi 17-22*S sovuq, kunduzi 8-13*S sovuq boʼladi.

Urgut tumanidagi poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada yong‘in kelib chiqqan

Bugun, 11 yanvar kuni soat 11:24da Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” MFYda joylashgan “Toyibaxon Nur" poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida binoning taxminan 250 kv.m. zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan sa'y-harakatlari natijasida yong‘in soat 11:40da o‘rab olinib, 13:35da to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, yong‘indan korxonaning 150 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Ushbu holatdan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mazkur hodisaning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech