FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

URUSH FAXRIYLARI HOLIDAN XABAR OLINDI

Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab Ikkinchi jahon urushida qatnashgan urish faxriylarining holidan xabar olish tadbirlari o‘tkazilmoqda.  

Joriy yilning  5 may kuni Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Farg‘ona harbiy prokuraturasi rahbarlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Oltiariq tumani Oqbo‘yra qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1924 yilda tavallud topgan Shokirov To‘lanbo‘y tog‘aning oilasiga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar.

Ular urush va mehnat faxriysini yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 76 yilligi bilan qizg‘in qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Uchrashuv  davomida otaxon vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi qizg‘in mehnat faoliyati to‘g‘risida hikoya qildi.

Eng qizig‘i 32 yil davomida viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 5-Yong‘in o‘chirish qismida ishlagan vaqtlarini judayam ko‘tarinki ruxda aytib berdi. 

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar vazirlik tizimida qizg‘in davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech