Joriy yil 27-may kuni soat 12:30 larda Samarqand shahar "So‘g‘diyona" dahasidagi ko‘p kvartirali uyning xonadonlaridan birida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat FVBning qisqa 1050 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 2 yoshli bolasi qolib ketganligini bildirib, tashvishlanib, murojaat qilgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirdi.
O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!