Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Uy ichida qulflanib qolgan yosh bola qutqarib qolindi

Bugun, 15-mart kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrining "Buloq Ariq" MFY 3-daxasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro shahar FVBga qo‘ng‘iroq qilib, ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 1 yoshli farzandi qolib ketganligini bildirib, tashvishlanib,  murojaat qilgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirdi.

O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech