Bugun, 15-mart kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrining "Buloq Ariq" MFY 3-daxasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro shahar FVBga qo‘ng‘iroq qilib, ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 1 yoshli farzandi qolib ketganligini bildirib, tashvishlanib, murojaat qilgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirdi.
O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!