Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 С iliq bo‘ladi.

Vafot etgan fuqaroning jasadi vataniga keltirildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor raqamiga fuqaro S.Gaibova tomonidan kelini Yu.Sergeevaning Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida vafot etganligi va uning jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga ma’lumot etkazildi, Rossiya hamda O‘zbekiston hududlarida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi hamda Toshkent viloyati xokimiyatining birgalikda amalga oshirgan  tashkiliy tadbirlar natijasida marxumning jasadi Rossiya federatsiyasidan olib kelindi.

14 aprel kuni 06:30 da «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bortida marxum Yu.Sergeevaning jasadi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan Toshkent shahriga olib kelindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus avtomashinasida jasad xalqaro aeraportdan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga, yaqin qarindoshlariga etkazildi.

Dafn marosimlari Mahalliy xokimiyat organlari bilan birgalikda tashkillashtirildi.

O'xshash yangiliklar

Maxsus xabarnoma

Fargona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan malumotga asosan, 2018 yil 22 sentyabr kuni soat 06:00larda Oltiariq tumani Belariq MFY hududidan otuvchi PK- 51.2 Navbahor Uch uy Olti…

Maxsus xabarnoma

Avval habar berganimizdek, Buxoro viloyati Kogon shaxrida sodir bolgan kongilsizlik oqibatida jabrlangan va halok bolgan shaxslarning royhati. Vafot etgan fuqarolar: Xilola Jumaeva, 1982 y.t. Ergashe…

MAXSUS XABARNOMA

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan otuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yolida 26 nafar yolovchisi bolgan avtobusining metan gaz baloni por…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech