Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor raqamiga fuqaro S.Gaibova tomonidan kelini Yu.Sergeevaning Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida vafot etganligi va uning jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga ma’lumot etkazildi, Rossiya hamda O‘zbekiston hududlarida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi hamda Toshkent viloyati xokimiyatining birgalikda amalga oshirgan tashkiliy tadbirlar natijasida marxumning jasadi Rossiya federatsiyasidan olib kelindi.
14 aprel kuni 06:30 da «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bortida marxum Yu.Sergeevaning jasadi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan Toshkent shahriga olib kelindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus avtomashinasida jasad xalqaro aeraportdan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga, yaqin qarindoshlariga etkazildi.
Dafn marosimlari Mahalliy xokimiyat organlari bilan birgalikda tashkillashtirildi.