Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
10 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yogingarchilik. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro, navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 C iliq bo'ladi.

“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2018 yilning 13 yanvar kuni vazirlik binosida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev vazirlik shaxsiy tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O`zbekiston Republikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo`mondoninig bayram tabrigini o`qib eshittirdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyachilari kuni va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofatlash to`g`risidagi” farmoniga asosan davlat mukofotlarini topshirish marosimi o`tkazildi.

Vazir R.Djurayev Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga tantanali ravishda orden va medallarni topshirdi.   

Shuningdek, mamlakatimiz aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda beminnat hissalarini qo`shib kelayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar “A’lo xizmatlari uchun” ko`krak nishoni va navbatdagi harbiy unvonlar bilan taqdirlandilar.

 

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan…

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2018 yilda sel-toshqin va kochki hodisalari bilan bogliq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlar…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech