FVV ogohlantiradi:
10 aprel kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 13-18*S iliq bo‘ladi.

“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2020 yilning 14 yanvar kuni vazirlik binosida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. Xudaybergenov ochib berdi va vazirlikning barcha shaxsiy tarkibini O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi. Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyachilari kuni va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 28 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofatlash to`g`risida”gi farmoniga asosan davlat mukofotlarini topshirish marosimi o`tkazildi.

Quvonchlisi shundaki, vazirlik tizimida xizmat qilayotgan 12 nafar harbiy xizmatchilar mana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo`ldilar.

Prezident Farmoniga ko`ra:

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘ta muxim va toifalangan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Bya Yuriy Yaroslavovich.

 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

 Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Forish tumani favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i  Baxriyev Nuriddin Isamitdinovich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Xavfsiz daryo” Davlat unitar korxonasi boshlig‘i G`ulomov Faxriddin Shakirovich;

Qoraqalpog`iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi operativ boshqaruv markazi boshlig`i Kadirov Shauxat Janabayevich;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari To‘rayev Zafarjon Tursunpo‘latovich;

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi G‘ijduvon tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Hamroyev Kamoljon Karimovich;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Yuldashev Ismoiljon Jurayevich.

  “Shuxrat” medali bilan

 Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruv qismi boshlig`i Allaberganov Maxsud Jumanyazovich;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mobil boshqaruv punkti aloqa bo‘yicha katta texnigi katta Astankulov Otabek Toirovich.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi (99951-h/q) 4-Muhandislik qurilish bataloni komandiri Sattarov Azizbek Toirovich;

Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi operativ boshqaruv markazi boshlig`i Xaydarov Abdugaffor Majidovich;

Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchi-yo`riqchisi Elmurodov Bekzod Toshtemirovich.

Shuningdek, ikki nafar harbiy xizmatchiga navbatdagi “polkovnik” unvoni berildi. Mamlakatimiz aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda beminnat hissalarini qo`shib kelayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko`krak nishoni ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech