FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Vazirlik faxriylari Qashqadaryoda

Keksalarni e'zozlash, ularga hamisha ehtirom ko‘rsatish  xalqimizga xos  qadriyatlardan hisoblanadi. Bugun joylarda bunday tadbirlar izchil tashkil etib kelinmoqda. Xususan, vazirlik tizimi faxriylari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, diqqatga sazovor joylar bilan tanishdilar.

Dastlab mehmonlar Qarshi tumanidagi Abu Mo‘yin Nasafiy majmuasida bo‘lishib, ziyorat qilishdi. So‘ngra faxriylar tizimdagi zamonaviy yong‘in va avariya-qutqaruv avtomobillari bilan tanishtirildi.

Shu o‘rinda, faxriylar va yosh harbiylar o‘rtasida erkin muloqot tashkil etilib, unda faxriylar o‘z hayot va xizmat faoliyati davomida boshidan o‘tkazgan mashaqqatli onlar, sinovlar haqida hikoya qildilar. 

Shuningdek, faxriylar bugungi kunda tizimda olib borilayotgan izchil islohotlar va sohada yaratilgan shart-sharoitlarni qadrlash va bunga javoban vatan uchun fidoyilik ko‘rsatish, o‘z navbatida, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilish bilan munosabat bildirish lozimligini aytib o‘tdilar.  

Yoshlar esa faxriylardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, esdalik uchun sovg‘alar taqdim qildilar. Shu kunning o‘zida faxriylar Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyida bo‘lib, u yerda o‘quvchi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech