FVV ogohlantiradi:
6 aprel kuni ob-havo o‘zgaruvchan, ayirum joyilarda yomg'ur yog'adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg'ona vuloaytlarida yog'ingarchilik kytilmaidi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22*C iliq bo‘ladi.

Vazirlik huzurida tashkil etilgan Muvofiqlashturvchi shtab faoliyatidan

Bugun dunyoda qisqa vaqt ichida pandemiya maqomini olishga ulgurgan tojdor virusga qarshi kurashish, uning tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatimizda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.  Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida Muvofiqlashtiruvchi shtab tashkil etilgani ham yuqorida bayon etgan fikrimizning isboti bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qayd etish joiz, mazkur shtab shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda. Unda, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning mutaxassislari jalb etilgan. Hozirgi kunda, shtab tomonidan aholi o‘rtasida koronavirusning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlarni nazorat qilish kabi vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech