FVV ogohlantiradi:
7 iyul kuni O'zbekiston hududida ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

Vazirlik tashkil topganining 24 yilligi munosabati bilan joylarda tadbirlar tashkil etildi

4-mart — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganiga 24 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan vazirlikning hududiiy va tarkibiy tuzilmalarida turli tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo Toshkent va Farg`ona viloyatlarida bayram kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” hamda sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda, harbiy xizmatchi va xizmatchilar sportning futbol, voleybol, masofaga yugurish, arqon tortish turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Musobaqa yakunida, g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Bundan tashqari, viloyat hokimliklari tomonidan mazkur bayram bilan soha xodimlarini qutlash uchun joylarda qator tadbirlar tashkil etildi. Unda, boshqarmalarda na'munali xizmat qilib, topshiriqlarni bajarishda shijoat ko‘rsatib, tashabbuskor, shuningdek, vazirlik faoliyatini samarali tashkil etishda sidqidildan xizmat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xizmatchilarga faxriy yorliqlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech