Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev davlatimiz rahbari tomonidan "Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi" doirasida belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahrining M.Ulug‘bek, Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi davlat e'tiboriga muhtoj bir guruh yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlar bilan suhbat olib borilib, ularning istaklari va muammolari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi nazoratga olinib, amaliy harakatlar olib borilmoqda.