Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Viktorina ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya xaftaligi doirasida viloyat hududida joylashgan iqtisoslashtirilgan umum ta'lim maktab  o‘quvchilari o‘rtasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq”   mavzusida  viktorina  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

Unda O‘rtachirchiq tumanining 72- sonli iqtisoslashtirilgan umumta'lim maktabining “ADOLAT”, Oqqo‘rg‘on tumanining 49-sonli iqtisoslashtirilgan umumta'lim maktabning “YuRISTLAR”, Yangiyo‘l shahar 8-iqtisoslashtirilgan umumta'lim maktabning “YoSh XUQUQShUNOSLAR” guruxlari;

-guruhlar o‘z o‘quv yoki xizmat joylari bo‘yicha musiqali va she'riy tarzda tanishtiruv;

-“Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida rasm chizish;

- Videoroliklardan foydalangan xolda korrupsiyani targ‘ib etuvchi she'riy chiqish;

- Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha savol javob;-Korrupsion xavf xatarning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy aksilkorrupsion tizimlarni joriy etish kabi masalalarni qamrab olgan sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. 

Tadbirni kuzatib borish va baholash uchun Chirchiq harbiy prokuraturasi, viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika madaniyat-ma'rifat markazi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.  Shu bilan bir qatorda  Toshkent viloyati umum ta'lim maktablarining o‘quvchilari orasidan ham  “KORRUPSIYa RIVOJLANIShIMIZGA TO‘SIQ”   mavzusida  rasm chizish  tanlovi  o‘tkazildi. Tanlovda 14 ta o‘quvchilar orasidan g‘oliblar aniqlandi.

Ko‘rik-tanlov va rasm chizish tanlovida  g‘olib bo‘lgan hamda ishtirok etgan  o‘quvchilar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech