Viloyatlarida seminarlar o‘tkazildi

Navoiy, Xorazm, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan “Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ogohlantirish va axborot uzatishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi” mavzusida bir qator seminarlar o‘tkazildi. 

Seminarlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda axborot bilan ta’minlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ogohlantirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi imkoniyatlarini mutaxassislarga yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirga, axborot uzatishni avtomatlashtirilgan tizimini lokal va obyekt darajasini yaratish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari hamda rahbarlari taklif etildi.

Boshqarma xodimlari seminar ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlir Mahkamasining 2017 yil 8 avgustdagi “Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi 601-sonli qarori mazmun mohiyati, uning asosiy vazifalari, axborot uzatishni avtomatlashtirilgan tizimining tarkibi va uni ishlatish tartibi bilan yaqindan tanishtirdilar.

Xususan, “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda ogohlantirishning avtomatlashtirilgan tizimining roli” mavzusida ma’ruza va prezentatsiyalar seminar ishtirokchilarining e’tiboriga havola etilib, “Turli mamlakatlarda ogohlantirishning avtomatik tizimi” mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

Tadbirlar davomida sohaga oid savollarning yechimi bo‘yicha takliflar va ko‘rsatmalar berilib, vazirlik va idoralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishini yanada takomillashtirish borasidagi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Seminarlar qiziqarli va muhokamalarga boy tarzda bo‘lib o`tdi.  

 

FVV Matbuot xizmati