FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

Вotulizmning qurboniga aylanmay desangiz... Gulistonda FVVning hududiy bosнqarmasi rahbarligida o‘tkazilgan seminar usнbu mavzuga bag‘ishlandi

Seminarda maktabgacha va xalq ta'limi tizimi vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida FVB va SSB mutaxassislari tinglovchilarga botulizm kasalligi, uning alomatlari, o‘zlarini va boshqalarni himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rish kerakligi haqida batafsil ma'lumotlar berishdi.

Seminarning ikkinchi qismi amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ldi. Rejaga ko‘ra, botulizm tashxisi qo‘yilgan odam shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizilgan va shundan so‘ng maxsus xizmatlar Guliston shahridagi uylardan birida botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi manbani aniqladilar. Bu uyda konservalangan mahsulot  iste'mol qilingan edi.

         Tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berib, botulizm alomatlari xususida suhbat olib bordilar. 

 

                                                                     Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech