Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Xabarnoma

Ushbu favqulodda vaziyat natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 2 kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat sodir bo‘lishiga qurilish me’yor-qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

FVV qutqaruv bo‘linmalari tomonidan bino vayronalari ostidan 2 kishi qutqarib olingan va halok bo‘lganlarning jasadi olib chiqilgan.

Qulash sodir bo‘lgan joyda FVV, IIV YOXB va Toshkent shahar hokimligining kuch va vositalari tomonidan vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyat o‘chog‘i Toshkent shahar IIBB kuch va vositalari tomonidan o‘rab olingan hamda olib borilayotgan ishlar xavfsizligi ta’minlangan.

Yuzaga kelgan holat yuzasidan Shayxontoxur tumani IIB va Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech