Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

XALOSKORLAR – ARMRESTLING BO‘YICHA OSIYO CHEMPIONATI SOVRINDORI

Joriy yilning 17-25 avgust kunlari armrestling sport turi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining Almati shahrida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada  O‘zbekiston Respublikasi FVV “Qamchiq” MQYoQB xodimi, O‘zbekiston sport ustasi, Respublika chempionati g‘olibi Mirabdulla Mirkomilov, FVV Akademiyasi 5-bosqich kursanti, O‘zbekiston kubogi g‘olibi Hurmatillo Madazimov hamda Akademiyaning Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston sport ustasi Rustam Chorievlar ishtirok etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada mamlakatamiz delegasiyasidan turli vazn toifasidagi 58 nafar sportchi qatnashib, umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi. Kattalar o‘rtasida faol ishtirok etgan Mirabdulla Mirkomilov 90 kg vazn toifasida o‘ng qo‘l bilan ikkinchi o‘rinni, chap qo‘l bilan esa uchinchi o‘rinni, 75 kg vazn toifasida kattalar o‘rtasida shiddatli bahs olib borgan Xurmatillo Madazimov o‘ng qo‘lda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kattalar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida qatnashgan Rustam Choriev chap qo‘lda uchinchi o‘rinni zabt etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal' va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech