Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Xaloskorlar – doimo shay

Kuni kecha Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimiga qarashli 23-yongʼin-qutqaruv qism qutqaruvchilari yana bir ezgu va savobli ishni amalga oshirdilar.

Voqea tafsilotiga qisqacha toʼxtaladigan boʼlsak, tuman hududida joylashgan “Ilm shuʼlasi” kantselariya mollari savdo kompleksi” MChJ binosi tomida, ushbu korxonaning elektr taʼminotiga masʼul xodimi А.А. tungi yoritish chiroqlarini oʼrnatayotgan edi. Kutilmaganda ish jarayonida uning sogʼligʼi yomonlashib, harakatlana olmay qoldi...

Inson hayoti xavf ostida qolganidan xabar topgan yongʼin-qutqaruv qismi qutqaruvchilari fuqaroni zudlik bilan bino tomidan olib tushib, uning xavfsizligini taʼminladilar. Fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʼrsatilib, RShTYoIMga yetkazildi. Hozirda fuqaroning sogʼligʼi yaxshi.

Ha, xaloskorlar har onda, har qanday sharoitda, har bir insonga zarur yordam koʼrsatishga doimo shaydirlar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech