FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, respublika bo'yicha yomg'ir yog'ib, kechga yaqin kuchayadi, shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog'ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq – 2*S iliq bo'ladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

2018 yilning 16 may kuni  Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi hamda Belorussiya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bilan hamkorlikda “Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va tahdidini aniqlash, favqulodda vaziyatlar tahdidi mezonlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi xizmatlari faoliyatiga tatbiq etish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi va Belorussiya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining 2017-2018 yillardagi hamkorlikdagi tadbirlar rejasi doirasida, aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni tahlil qilish va ularning natijalarini amaliyotga qo‘llash masalalarini muhokama etish maqsadida tashkil etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech