FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Xalqaro jurnalistlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida mehmon bo‘lishdi

Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Bo‘sh vaqtlarida mehmonlar Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. "Kazinform" Xalqaro axborot agentligi xodimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida bo‘lishdi. Mehmonlarga institut ixtiyorida bo‘lgan so‘nggi texnologiyalar namoyish etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech