Avval xabar berganimizdek, 2021 yilning 12-16 noyabr kunlari Toshkentda Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi tomonidan XXII Xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. Bugun, 14 noyabr kuni Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar – qutqaruvchilar sporti federatsiyasiga a’zo davlatlarning 70 ga yaqin vakillari qadim va navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad - 2022 yilning sentabr oyida yong‘in-qutqaruv sporti (yong‘in o‘chirish amaliy sporti) bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVII hamda ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionatlarining Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan sport inshootlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lib, tashrif dasturidan Samarqand shahri bilan yaqindan tanishdilar.
Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar – qutqaruvchilar sporti federatsiyasiga a’zo davlatlarning 70 ga yaqin vakillari qadim va navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.
- Qo'shildi: 15.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 6641