Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

XAVFSIZ YANGI YIL!

Hurmatli fuqarolar, yangi yil bayramining ko‘ngildagidek, xavf-xatarsiz o‘tkazilishi uchun quyidagilarni eslatib o‘tish joiz deb hisoblaymiz:

1. Yangi yil archasi o‘rnatilgan xonaning kirish va chiqish eshiklari ochiq bo‘lishi.
2. Xona birlamchi yong‘in o‘chirish anjomi bilan ta'minlanishi.
3. Elektr ta'minotini “Elektr uskunalarini o‘rnatish” qoidalari talablari asosida o‘rnatish.
3. Nosoz rozetkalardan, har xil elektr girlyandlardan foydalanmaslik.
4. Bezatilgan archaga turli xildagi paxta mahsulotlar va matolardan yasalgan o‘yinchoqlarni ilmasliklarini tavsiya qilamiz.

Shuningdek, yangi yil archasi o‘rnatilgan tashkilotlar, muassasa va korxonalarning binolariga yong‘in o‘chirish avtomobillari borish yo‘llari mavjudligi, yong‘in o‘chirishga mo‘ljallangan suv havzalari, ichki yong‘in o‘chirish kranlarining sozligi va birlamchi yeng va dastaklar bilan ta'minlangan bo‘lishi, binolarning yog‘och qismlari kimyoviy suyuqlik bilan qayta ishlangan bo‘lishi va telefon aloqasi mavjudligiga e'tibor berish maqsadga muvofiq.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech