Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Xavfsizlik kamari ayol haydovchi hayotini saqlab qoldi

Inson hayoti birgina to‘g‘ri qilingan harakat yoki xato evaziga boy berilishi yoxud saqlab qolinishi mumkin. Bunga misollar juda ko‘p. Masalan, 2021 yilning 1 oktyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan o‘tuvchi Toshkent-Chimyon yo‘lining 76 kilometrida o‘zining “Spark” rusumli avtoulovida Bildirsoy hududida harakatlanib ketayotgan O.N. ismli ayol kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, 150 metr jarlikka tushib ketgan.

Voqea yuzasidan xabar soat 12:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga kelib tushgan. Shunga ko‘ra, bir guruh qutqaruvchi voqea joyiga yetib borib, haydovchi ayolga zarur amaliy va psixologik yordam ko‘rsatgan hamda avtoulov jarlikdan tortib chiqarilgan.
Fuqaro xavfsizlik kamaridan foydalanib harakatlanganligi va avtoulov xavfsizlik yostiqchalarining o‘z vaqtida ishga tushganligi sababli hech qanday tan jarohati olmagan.

O‘z navbatida, haydovchilardan avtoulov boshqarishda belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy amal qilish, hushyorlik va ziyraklikni oshirish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech