Hozirda mamlakatimizda aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu va xayrli ishlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan har kuni erta tongdan viloyatning olis va chekka hududlaridagi ko‘chalarga harakatlanishda qulaylik yaratish uchun tosh-shag‘al to‘kish va yo‘llarni tekislash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu ishlarga hokimlik vakillari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va daxldor idora mas'ullari samarali hissa qo‘shmoqdalar.
Mazkur tadbirlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga har taraflama ko‘mak berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, qolaversa, hududlarda tozalash, obodonlashtirish ishlariga e'tibor alohida qaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xayrli tadbirlar joriy yilning 15-25 noyabr' kunlariga qadar viloyat bo‘ylab davom etadi.
XAYRLI ISHDA BIRDAMLIK VA FAOLLIK BILAN
- Qo'shildi: 17.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 5700