Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari holidan xabar olindi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘z xizmat burchini mardonavor bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bir guruh harbiy xizmatchi va xizmatchilarning oila a’zolari holidan xabar oldilar. O‘z hayotini xatarga qo‘yib o‘zgalar jonini saqlab qolish uchun jasorat ko‘rsatgan sobiq mayor Mirdadayev Abduvoxid Abduvaxobovich, sobiq kapitan Yusubaliyev Dilmurod Usmanaliyevich, sobiq serjant Artikov Ulug‘bek Muzafarovich, sobiq xizmatchi Raimbayev Oybek Usarbayevich, sobiq xizmatchi Ibragimov Sodiqjon Karimovich va sobiq xizmatchi Xasanov Farxod Soxibovichlarning ish faoliyati uning yaqinlari va xizmatdoshlari tomonidan yodga olindi.

Shundan so‘ng, Toshkent viloyati hokimligi, shahar va tuman hokimliklari hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda halok bo‘lgan sobiq xodimlarning yaqinlariga yordam berish maqsadida xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga besh million so‘m miqdorida pul va qimmatbaho sovg‘alar topshirdilar.      

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech