Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Xizmat itlari – sadoqatli yordamchilar

Joriy yilning 30-31-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi Kinologiya xizmati kinologlari o‘zlariga biriktirilgan 10 bosh xizmat iti bilan 3 ta yirik ko‘rik-tanlovda ishtirok etib, faxrli va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan joriy yilning 30-oktyabr kuni turli zotdagi xizmat itlarini ekster'eri va zotdorlik darajasini baholash bo‘yicha xuquqni muxofaza qiluvi organlar o‘rtasida “Zotdor xizmat itlari – 2021” idoralararo ko‘rik tanlovida Maxsus vazifalar bo‘yicha FVV Respublika qutqaruv markazi Kinologiya xizmatining 5 bosh xizmat itidan 1 boshi 1-o‘ringa, 2 bosh xizmat iti 2-o‘ringa va 2 bosh xizmat iti 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Shuningdek, 30 oktyabr' kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tgan Xalqaro sertifikatlangan nasldor itlar ko‘rik-tanlovida ham FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi Kinologiya xizmatining 5 bosh xizmat itidan 2 boshi 1-o‘ringa, 2 bosh xizmat iti2- o‘ringa va 1 bosh xizmat iti 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

O‘zbekiston Kinologiya federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi komandiri nomiga yo‘llagan xatiga asosan, joriy yilning 31 oktyabr' kuni Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazining A hududida Respublika nasldor itlar milliy ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

30 xil zotdagi 425 bosh zotdor it ishtirok etgan ushbu ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi Kinologiya xizmatining 10 bosh xizmat itidan 2 boshi
1-o‘ringa, 3 bosh xizmat iti 2-o‘ringa va 1 bosh xizmat iti 3-o‘ringa loyiq deb topilib, diplom va kuboklar bilan taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech