FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan FVV xodimlari oilasi holidan xabar olindi

Xalqimizning ezgu umuminsoniy qadriyatlariga asosan bayramlar arafasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining rahbariyati hamda xodimlari tomonidan xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan hamkasblarning porloq xotirasi yodga olinadi.  

Mardlik, jasorat, kasbiga fidoyilik, insonlarning tinch-osoyishta hayoti yo‘lida, kerak bo‘lsa, o‘zini qurbon qilishga tayyorlik kabi xislatlar – sharafli kasb egalari – qutqaruvchilarga xos bo‘lgan olijanob fazilatlardandir. Bu qahramonlarni nafaqat yaqinlari, hamkasblari, balki ular sababli halokatdan qutqarib qolinganlar, hayotga qaytganlar ham doimo yodda tutadilar.

2017 yilning 27 dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari S.Qudratov, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i X.Sotiyevlar xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan mayor I.Isroilov va qutqaruvchi-g‘avvos X.Yulchiyevlarning oila a’zolari holidan xabar olishdi. Ularning turmush o‘rtoqlari va farzandlariga yangi yil sovg‘alari ulashildi. Shuni ham aytish kerakki, bayram ta’tillarida ularning farzandlarini yangi yil tantanalariga olib borish ishlari ham tashkil etiladi.

FVV rahbariyati va jamoasi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari holidan doimo xabar olishni o‘z burchi deb biladi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech