FVV ogohlantiradi:
27 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bolib, ayrim joylarda (yomg'ir, qor) yog'ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan g'arbga qarab 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 0-5* C iliq' bo'lib ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodim oilasi holidan xabar olindi

Mardlik, jasorat, kasbiga fidoyilik, insonlarning o‘zini qurbon qilishga tayyorlik kabi xislatlar – qutqaruvchilik kasbini tanlagan insonlarda namoyondir. Bu qahramonlarni nafaqat yaqinlari, hamkasblari, balki ular sababli halokatdan qutqarib qolinganlar, hayotga qaytganlar ham doimo yodda tutadilar.

2018 yilning 16 yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari S.Qudratov, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i X.Alibaev xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan qutqaruvchi-g‘avvos Farxod Soxibovich Xasanovning ota-onasi holidan xabar olishdi. Shuningdek, Farxodjon ta’lim olgan Bo‘stonliq tumanidagi 15 - sonli o‘rta maktabga tashrif buyurib, o‘qituvchilari M.Abduraxmanov, D.Pirmetova, M.Xasanova, J.Nurmatovlar bilan suhbatlashishdi, Farxodjonnnig bolalik davrini eslashdi, uning qahramonligi to‘g‘risida o‘quvchilarga so‘zlab berishdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat vazifasini bajarish davrida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari vazirlikning doimiy ijtimoiy muhofazasida. 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech