Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Xorazm viloyati Gurlan tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

2017 yilning 1 dekabr kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida “Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda tuman tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazishga jalb etiladigan kuch va vositalarning tayyorgarlik holatini tekshirish, aholining gaz, elektr energiyasi va isitish vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tkazilgan o‘quv mashqida Gurlan tumani “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida faollar va ishlab chiqarish sohasida band bo‘lmagan aholi tarkibidan tashkil etilgan “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhi ham ishtirok etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech