Joriy yilning 19-fevral kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning shahar-tuman bo‘limlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Xonqa tumani FV bo‘limi terma jamoasi, 2-o‘rinni Urganch shahar FV bo‘limi egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi terma jamoasi qo‘lga kiritdi va musobaqa Kubogiga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar va xodimlar viloyat FVBning medal, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.