FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Xorazm viloyatidagi yashash uylarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa bugun 26 fevral kuni soat 09:40da Xorazm viloyati Xonqa tumani “Gulg‘uncha” MFYdagi uylarning birida yuzaga kelgan. Yong‘in oqibatida avval uyning 120 kv.m. maydonida tom qismi, shifti va uy-jihozlari keyinchalik esa qo‘shni uyning tom qismi ya'ni 50 kv.m. maydoniga zarar yetgan.


Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in 10:28da o‘rab olinib, 11:20da to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlangan va holok bo‘lganlar yo‘q. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech