Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 25-30 C iliq, shimoliy va cho‘l hududlarida 35 С gacha issiq bo‘ladi.

XORAZMDA “YOSH QUTQARUVCHI” RESPUBLIKA BOSQICHINING MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Avval xabar berganimizdek, 2018 yilning 12 may kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Avesto” majmuasida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida Respublika musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoa hamda 112 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qatorda o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.

Shunday qilib, ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lsa uchunchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish va palatka tiklash ishlarini bajarishdi. To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarda arqon yordamida maxsus tugunlar tugish, ular yordamida balandlikka ko‘tarilish va estafetali yugurishda ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar va turli nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlar e’lon qilindi. Jumladan:

Jamoaning eng yaxshi shiori” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyatining “Alanga” jamoasi;

Eng yaxshi qutqaruvchi qiz bola” nominatsiyasi bo‘yicha Surxondaryo viloyatining “Lochin” jamoasi azosi Ibragimova Nozima O‘ktam qizi;

Eng yaxshi qutqaruvchi o‘g‘il bola” nominatsiyasi bo‘yicha Xorazm  viloyatining “Sarlochinlar” jamoasi a’zosi Ro‘zmetov Otabek Izzatbek o‘g‘li;

Eng yaxshi klubning formasi” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro viloyatining “Qalqon” jamoasi;

Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon viloyatining “Xaloskorlar” jamoasi;

Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan fotoalbom” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyatining “Vatanparvar” jamoasi;

Estafetada eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Xorazm viloyatining “Sarlochinlar” jamoasi;

“G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyatining “Bunyodkor” jamoalari taqdirlandilar.

Eng yaxshi jamoaning bayrog‘i” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyatining “Bunyodkor” jamoasi;

Eng hamjixat jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyatining “Fidokorlar” jamoasi;

 “Eng bilimdon jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqanda viloyatining “Bunyodkor” jamoasi;

Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyatining “Vatanparvar” jamoasi;

Eng yaxshi tog‘ tayyorgarligiga ega jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Turon” jamoasi;

“Faol ishtiroki uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent shahar, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari jamoasi;

Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyatining “Fidokorlar” jamoasi;

Musobaqaning umumiy natijalari bo‘yicha hay’at kengashi eng yaxshi jamoalarni aniqlashdi. Unga ko‘ra:

1 o‘rin – Farg‘ona viloyatining “Fidokorlar” jamoasi;

2 o‘rin – Navoiy viloyatining “Vatanparvar”jamoasi;

3 o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Turon” hamda Xorazm viloyatining “Sarlochinlar” ja moalari;

Shuningdek, musobaqaning “Gran-pri” sovrinini esa Samarqand viloyatining “Bunyodkor” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, musobaqa tashkilotchilari g‘oliblarga va barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlarni tantanali ravishda topshirishdi. Shu bilan birgalikda, o‘quvchilarda bayramona kayfiyat ulashish maqsadida taniqli estrada xonandalari  ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.

O'xshash yangiliklar

Ma’lumot xabarnomasi

Joriy yilning 18 may kuni soat 17:40 da Surxondaryo viloyatining Qumqorgon tumani Elobod, Azlarsoy va Bogor mahallalari hududida sel oqimlari yuzaga keldi. Sel oqimlari natijasida mahallalardagi 116 x…

SEL KELISH XAVFI YUZAGA KELGANDA AHOLIGA ESLATMA

Sel - katta miqdorda tog toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda togdan oqib tushuvchi suv oqimi bolib, muntazam jala quyishi (85% holatlarda), tog qorlarining erishi (4% hollarida), tog suv…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech