FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Xovos va Sardoba tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 24-noyabr kunidan 26-noyabr kuniga qadar Sirdaryo viloyatining Xovos va Sardoba tumanlarida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘z yakuniga yetdi.

O‘quv mashqida xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tuzilmasi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta'minot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining jabrlanganlarni qabul qilish, yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofat ko‘rgan hududdan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish kabi amaliy tadbirlar o‘tkazilib, unda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tuzilmalari xodimlarining soha yo‘nalishidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.

O‘quv mashqiga Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimigi kiruvchi idora va tashkilotlarning rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari, iqtisodiyot obektlari, ommaviy axborot vositalari jalb etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech