Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Xushyorlik, ogohlik – xavfsiz hayot kafolati: oylik davom etmoqda

Mamlakatimizda aholi hamda hududlarni turli tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilish, isitish mavsumini betalofat o‘tkazish, insonlarning tinch hamda osoyishta hayot kechirishini ta'minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda FVV xodimlari daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Buxoro viloyati Qorovulbozor tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tuman hududida joylashgan jazoni ijro etish muassasasi ishchi-xodimlari bilan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanish kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olish borasida atroflicha tushuncha va tavsiyalar berildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech