Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yana bir fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 21 iyun kuni Toshkent viloyati Chimyon qutqaruv otryadi Bildirsoy qidiruv-qutqaruv tezkor guruhi navbatchisiga  Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani, Parkent massivida yashovchi 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro Ch. N. qo‘ng‘iroq qilib, Bo‘stonliq tumani xududidagi “Yo‘lbars” tog‘ yonbag‘rida sayr qilib yurgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida  yiqilib, og‘ir darajada tan jarohat olganligi hamda yura olmay qolganligi sababli yordam so‘rab murojaat qilgan.

Kelib tushgan murojaatga ko‘ra qutqaruv guruhi ko‘rsatilgan joyga zudlik bilan etib borib, jabrlangan fuqaroni topib, unga birinchi yordam ko‘rsatishdi hamda uni Bo‘stonliq tumani tez tibbiy yordam xodimlariga topshirdi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech