So‘nggi soatlarda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari vayronalar ostidan yana 2 kishini tirik va 5 nafar halok bo‘lganlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon qutqaruvchilarimiz tomonidan 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan olib chiqildi. Bugun ertalab oʻzbekistonlik qutqaruvchilar ishlayotgan Hatay viloyatiga gumanitar yordam yuklangan yana bir samolyot yetib bordi. Tabiiy ofat hududiga O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tibbiyot xodimlari, dori-darmonlar, birlamchi zarur vositalar va maxsus texnikalar yetkazildi.
Yana ikki kishi qutqarildi: Turkiyadan oʻzbekistonlik qutqaruvchilar ishtirokidagi qidiruv-qutqaruv ishlarining borishi haqidagi soʻnggi maʼlumotlar
- Qo'shildi: 09.02.2023
- Chop etish
- Ko'rishlar: 2237