FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Yangi 2018 yilni favqulodda vaziyatlarsiz kutib olaylik!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Yangi yilni kutib olish tadbirlarida turli xil ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida aholi gavjum yig‘iladigan, bayram archalari o‘rnatiladigan barcha ob’ektlarda, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Birinchi navbatda alohida e’tibor fuqarolar gavjum yig‘iladigan ob’ektlarga qaratilgan. Mazkur ob’ektlar ishchi va xodimlari xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalardan o‘tkazilmoqda, favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda va xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan eslatmalar tarqatilmoqda.

Jumladan, aholi gavjum yig‘iladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan ob’ektlarda evakuatsiya rejalari mavjudligi, attraksionlarning texnik sozligi, shuningdek, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarga olib boradigan yo‘llar (tunnellar)ning holati o‘rganib chiqilmoqda.

O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar doirasida FVV tomonidan respublikaning shahar va tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari rahbarlari bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

FVV va uning hududiy boshqarmalari tomonidan viloyat, shahar va tumanlar hokimiyatlariga, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari rahbarlariga bayram o‘tkaziladigan ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish talablariga asosan tayyorlash hamda ishchi va xodimlarni kutilmagan hodisalarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish ishlarida tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi FVV

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech